locale OZ

Andijon Abdulvohid Gʻulomov hamda Abdurahmon Komilovning jarohati haqida rasmiy maʼlumot berdi

Hozirda Abdulvohidning ahvoli qoniqarli. Davolanish reja asosida davom etyapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijon Abdulvohid Gʻulomov hamda Abdurahmon Komilovning jarohati haqida rasmiy maʼlumot berdi
photo: Andijon fk

Maʼlumki, “Andijon”ning “Shaxtyor” (Qozogʻiston) klubiga qarshi oʻtkazilgan va oxiriga yetmay qolgan oʻrtoqlik uchrashuvida jamoamiz aʼzolari - Abdulvohid Gʻulomov va Abdurahmon Komilov olgan jarohatlari sababli shifoxonaga olib borilgandi. Jamoamiz bosh shifokori ushbu futbolchilar haqida maʼlumot berdi.

Unga koʻra, Gʻulomovda 1,5 sanimetr atrofida oʻng quloq yirtilishi jarohati bilan operatsiya qilindi. LOR tavsiyasi bilan kompyuter tomografiyadan oʼtkazilgan. Hozirda Abdulvohidning ahvoli qoniqarli. Davolanish reja asosida davom etyapti.

Komilovga esa bosh miyani yopiq jarohat olishi va oʻrta darajadagi bosh miya chayqalish tashxisi qoʻyildi. Nevropatolog tavsiyasi bilan kompyuter tomografiya qilingan. Ayni paytda Abdurahmonning ham holati qoniqarli. Davolanishi davom etyapti.

Futbolchilarimizga shifoxonadan ruxsat berishdi va ayni paytda jamoamiz shifokorlarining nazoratida. Umid qilamizki, ular tez orada sogʻayib yana mashgʻulotlarga qoʻshiladilar.

Biz barcha futbolchilarimizga sogʻlik tilaymiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting