locale OZ

«Andijon» 5-yanvardan yangi mavsumga tayyorgarligini boshlaydi

Jamoa Antaliyaga 7-yanvarda joʻnab ketadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Andijon» 5-yanvardan yangi mavsumga tayyorgarligini boshlaydi
Фото: Андижон ПФК

OCHL 2 dagi soʻnggi rasmiy oʻyindan keyin qishki taʼtilga chiqqan jamoamizning yangi mavsumga tayyorgarlik rejalari maʼlum.

Unga koʻra, "Burgutlar" 5-yanvar sanasidan Toshkentda toʻplanadilar. Dastlab futbolchilar tibbiy koʻrikdan oʻtadilar. Yangi mavsum uchun qishki oʻquv-mashgʻulot yigʻini Turkiyaning Antaliya shahrida olib boriladi.

Jamoa Antaliyaga 7-yanvarda joʻnab ketadi. Aytish lozimki, Turkiyadagi yigʻin ham ikki bosqichda oʻtkaziladi va 18-fevral kuni yakuniga yetadi.

Ushbu tayyorgarlik jarayoni doirasida xorij jamoalariga qarshi 10 ta nazorat uchrashuvlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

«Raqiblar haqida keyinroq maʼlumot taqdim etamiz», - deyiladi xabarda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting