locale OZ

Anderson uchun 4 ta jamoa qiziqmoqda

Transfermark portali Andersonni 60 million yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Anderson uchun 4 ta jamoa qiziqmoqda
ФОТО: Getty images

"Nottingem Forest" yarim himoyachisi Elliot Anderson top-klubga o'tishi mumkin. Bu haqda CaughtOffside nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 23 yoshli futbolchini "Manchester City" o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Shaharliklar" vakillari allaqachon futbolchining agenti bilan bog'langan.

Shuningdek, uning xizmatiga "Manchester United," "Chelsea" va "Bavariya" jamoalari ham qiziqmoqda va uning atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.

Elliot Anderson "Nottingem Forest"ga 2024 yilda "Nyukasl"dan 41 million yevro evaziga o'tgandi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi klub safida barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermark portali Andersonni 60 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting