locale OZ

Anderson «Siti»da yiliga taxminan 17 million yevro oladi — Ornshtayn

Futbolchi bugun yangi klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Anderson «Siti»da yiliga taxminan 17 million yevro oladi — Ornshtayn
ФОТО: Getty images

"Manchester City" "Nottingham Forest"dan yarim himoyachi Elliot Andersonni 135 million yevroga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

The Athletic jurnalisti David Ornshteyn xabar berishicha, 23 yoshli futbolchi "shaharliklar" bilan besh yillik shartnoma imzolaydi, unga ko‘ra barcha bonuslarni hisobga olganda haftasiga taxminan 350 ming yevro maosh oladi.

Angliya terma jamoasi futbolchisining shartnomasi yana 12 oyga uzaytirish imkoniyatini o‘z ichiga oladi.

O‘tgan mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 50 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 75 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting