Anderson qishda «Nottingem Forest»nit ark etmaydi – manba
"Nottingem Forest" yarim himoyachisi Elliot Anderson qishki transfer oynasida hozirgi jamoasini tark etishi dargumon, deya xabar bergan jurnalist Ekrem Qo'ng'ir bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Manba bergan xabarga ko'ra, o'rmonchilar rahbariyati 23 yoshli yarim himoyachi bo'yicha yanvar oyidagi barcha takliflarni rad etish niyatida. Futbolchiga Angliya Premer-ligasining bir qator yetakchi klublari, jumladan, “Arsenal”, “Chelsi”, “Nyukasl”, “Aston Villa”, “Manchester Yunayted” va “Liverpul” qiziqish bildirmoqda.
Xabar qilinishicha, Nottingem Forest o'z futbolchisini 114 million yevroga baholagan, klub esa yuqori narx potentsial xaridorlarni to'xtatib qo'yishiga va Andersonni tarkibda saqlab qolishiga umid qilmoqda.
Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlar doirasida 16ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Elliot Andersonning "Nottingem Forest" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 45 million yevroni tashkil qiladi.