locale OZ

Anderson: «Manchester Siti»ga o‘tish orzum edi»

Elliot endilikda "shaharliklar" safida to‘p suradi.
Anderson: «Manchester Siti»ga o‘tish orzum edi”
ФОТО: Getty images

“Manchester Siti”ning yangi futbolchisi Elliot Anderson klubga o‘tganidan keyingi ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Meningcha, bu haqiqiy g‘oliblar jamoasi. Ular juda talabchan va shafqatsiz raqobat muhiti mavjud. Men ham aynan shunday muhitda – chempionlar orasida o‘ynashni xohladim. So‘nggi 10–12 yil davomida "Manchester Siti" futbol olamida ustunlik qilib kelmoqda. Shu sababli ham bu yerga kelishni istadim. Bu klub sovrinlar yutish va eng yuqori darajada raqobat qilish uchun yaratilgan. Bunday jamoa har qanday futbolchi uchun jozibador, — dedi Anderson.

Ma’lumot uchun, Elliot Anderson o‘tgan mavsum Angliya Premer-ligasida 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting