Anchelottiga APLdan ikki haridor chiqdi!
“Real”dan ketishi aniq bo'lib borayotgan italiyalik mutaxassis Karlo Anchelottining xizmatlariga dunyoning turli davlatlaridan klublar va terma jamoalar qiziqish bildirmoqda.
“Don Karlo” uchun Angliyaning ikki jamoasi ham haridor, biroq Anchelotti yakunda terma jamoani tanlashi haqiqatga yaqin bo'lib turibdi.

“Chelsi” va “Everton” sobiq murabbiyini “Nottingem Forest” va “Tottenxem” kabi jamoalar o'z klubida ko'rishni xohlashadi. Football.London nashrining xabar berishicha, agar “Nottingem” chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kirita olsa, klub xo'jayini Evangelos Marinakis keyingi mavsumda Karlo Anchelotti bilan yuqori natijalarni qayd etishiga ishonmoqda. Londonning “Tottenxem” jamoasi ham italiyalik buyuk mutaxassisni klubga olib kelishni xohlaydi. Ammo Anchelotti yakunda katta ehtimol bilan Braziliya terma jamoasini tanlaydi va 2030 yilgacha shartnoma imzolaydi