locale OZ

Anchelotti va \"Real\" \"Arsenal\"ga hayratlanarli kambek tayyorlayapti

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Anchelotti va "Real" "Arsenal"ga hayratlanarli kambek tayyorlayapti
Photo: gettyimages

““Bernabeu”da 90 daqiqa juda ko'p”. “Real Madrid” ushbu so'zlar orqali jamoatchilikni “Arsenal” bilan o'yindan oldingi yengil mashg'ulotlar kabi qizdirib oldi. Garchand, Angliyada 3:0 hisobi qayd etilgan bo'lsada, bugun hammasi boshidan boshlanadi.

Bir tarafdan ispaniyalik murabbiy Mikel Arteta: “Bizning mentalitetimizda maydonga har doim g'alaba uchun tushish bor, hattoki, bugun ham”,- deb ta'kidladi.

Boshqa tarafdan italiyalik murabbiy Karlo Anchelotti hotirjam holatda: “Bu o'yin mening kelajagimga ta'sir qiladi deb o'ylamayman. Bu mening faoliyatimdagi birinchi katta o'yinim emas va umid qilamanki, bu ohirgisi ham bo'lib qolmaydi”,-deb fikr bildirdi.

Anchelotti asosiy tarkibni o'zidayoq dastlabki bahsga qaraganda ba'zi bir hayratlanarli o'zgarishlarni amalga oshirmoqchi. Birinchi o'yin bilan solishtirganda, diskvalifikatsiya qilingan Kamavinga bo'lmaydi, shuning uchun Valverde yarim himoyachi sifatida o'zining tabiiy roliga qaytadi.

Yana bir yechim sifatida yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish va Bellingemga ko‘proq harakat erkinligini berish uchun asosiy tarkibdan Rodrigoni chetlatishi mumkin. So‘nggi kunlarda kiyim almashtirish xonasida eng ko‘p ishlatiladigan “Remontada”, ya'ni qaytish, kambek so'zidir. "Real Madrid" bunga ishonadi va oq bayroqni ko'tarib, taslim bo'lishni xohlamaydi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting