locale OZ

Anchelotti “Real”ning asosiy muammolaridan birini Kroos va Modrich bilan bog‘ladi

Uning ta’kidlashicha, Kroos yoki Modrich maydonda bo‘lganida hujumchilarning bo‘sh zonalarga harakatlari deyarli doim uzatma bilan davom ettirilardi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Anchelotti “Real”ning asosiy muammolaridan birini Kroos va Modrich bilan bog‘ladi
Foto: Getty Images

“Lill” bosh murabbiyi Davide Anchelotti “Real Madrid”ning hozirgi o‘yinidagi muammolardan biri yarim himoyada tempni boshqaradigan va hujumchilarning ochilishlarini aniq uzatmalar bilan ta’minlaydigan futbolchi yetishmasligi ekanini aytdi. Italiyalik mutaxassis bu fikrini Toni Kroos va Luka Modrich misolida tushuntirdi.

Anchelottining ta’kidlashicha, Kroos yoki Modrich maydonda bo‘lganida hujumchilarning bo‘sh zonalarga harakatlari deyarli doim uzatma bilan davom ettirilardi. Uning fikricha, vertikal futbol faqat tez yuguradigan futbolchilardan iborat emas — ularni o‘z vaqtida aniq pas bilan ta’minlay oladigan ijrochi ham zarur.

Davide Kroosning ketishini “Real” uchun ayniqsa katta yo‘qotish sifatida baholadi. U germaniyalik yarim himoyachini o‘z pozitsiyasida dunyoning eng yaxshisi deb atab, Kroos uchrashuv tempini boshqargani, o‘yinning qaysi tezlikda kechishini belgilagani va taktik jihatdan juda kuchli bo‘lganini ta’kidladi. Anchelottiga ko‘ra, “yana bir Kroos”ni topishning o‘zi imkonsiz.

Ma’lumot uchun, “Real Madrid” 2026/27-yilgi La Liga mavsumining dastlabki 7 turidan keyin 15 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. Jamoa 5 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting