locale OZ

Anchelotti qachon iste'foga chiqishi ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Anchelotti qachon iste'foga chiqishi ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Barselona”ga qarshi Ispaniya Kubogi finalidan so'ng lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.

Avvalroq, “Real” Chempionlar Ligasi chorak finalida “Arsenal”ga ikki o'yinda ham mag'lub bo'lib, turnir bilan xayrlashgandi.

Hozirda Madrid klubi La Liga turnir jadvalida “Barselona”dan 4 ochkoga ortda qolib, 66 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.

Eslatib o'tamiz, Anchelotti 2021-yildan buyon “Real”ni boshqarib kelmoqda. Bu davr ichida u bir necha bor Ispaniya chempioni va Chempionlar Ligasi g'olibi bo'lgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting