locale OZ

Anchelotti: “Neymarning o‘rnini bosib bo‘lmaydi”

Braziliyalik futbolchi 2026-yilgi Jahon chempionatidan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan edi.
Anchelotti: “Neymarning o‘rnini bosib bo‘lmaydi”
Foto: Getty Images

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymar haqida fikr bildirdi. Braziliyalik futbolchi 2026-yilgi Jahon chempionatidan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan edi.

“U o‘zining fazilatlari bilan Jahon chempionatiga borishga loyiq edi. Neymar terma jamoaga qaytishni istamasligini allaqachon tasdiqladi. Uning o‘rnini bosib bo‘lmaydi, chunki u o‘ziga xos va noyob iste’dod egasi edi. Neymar — takrorlanmas futbolchi”, — dedi Anchelotti.

Ma’lumot uchun, Neymar Braziliya terma jamoasi safida 130 ta uchrashuv o‘tkazib, 80 ta gol va 59 ta assist qayd etgan. Braziliya esa 2026-yilgi Jahon chempionatining 1/8 finalida Norvegiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting