Anchelotti Neymarni terma jamoaga chaqirish masalasini Braziliya prezidenti bilan muhokama qildi
Braziliya prezidenti Lula da Silva «Santos» hujumchisi Neymar, agar jismonan tayyor bo‘lsa va sport formasini tiklab olsa, JCh-2026da ishtirok etishi kerak deb hisoblaydi.
«Men Anchelotti bilan gaplashdim va u mendan so‘radi: «Sizningcha, Neymarni terma jamoaga chaqirish kerakmi?» Men esa: «Agar u jismonan tayyor bo‘lsa, u yetarli darajada kuchli», deb javob berdim», — deya Da Silvaning so‘zlarini keltirmoqda RMC Sport.
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti dushanba kuni, 18 mayda 11 iyundan 19 iyulga qadar Meksika, Kanada va AQSHda bo‘lib o‘tadigan JCh-2026ga tayyorgarlik ko‘radigan 26 nafar futbolchidan iborat tarkibni e’lon qilishi kutilmoqda.
Avvalroq Anchelotti Jahon chempionatiga faqat jismonan tayyor bo‘lgan futbolchilarni chaqirishini, Neymarga esa formaga kirib olishi kerakligini ta’kidlagan edi.
Ma’lumot uchun, Neymar 79 ta gol bilan Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.