locale OZ

Anchelotti faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin

Italiyalik mutaxassis avvalroq «Botafogo»dan isteʼfoga chiqarilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Anchelotti faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

Italiyaning «Piza» klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyligi lavozimiga Davide Anchelottini tayinlash imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Karlo Anchelottining o‘g‘li hozirda klubdagi mavqei ancha beqaror bo‘lib qolayotgan Alberto Jilardino o‘rnini egallash uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida qaralmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Piza» noodatiy qaror qabul qilishga tayyor va mashhur familiyaga ega bo‘lgan yosh mutaxassisga ishonch bildirish variantini o‘rganmoqda.

Davide Anchelotti yaqinda «Botafogo» klubida ilk bor mustaqil murabbiylik tajribasini orttirib, Braziliya chempionatida jamoani oltinchi o‘ringa olib chiqdi hamda Libertadores kubogi saralash bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritdi.

Shunga qaramay, mavsum yakunida u lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq Anchelotti uzoq yillar davomida otasi Karlo Anchelottining murabbiylar shtabida faoliyat yuritib, «PSJ», «Real», «Bavariya», «Napoli» va «Everton» klublarida ishlagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting