locale OZ

Anchelotti Chempionlar ligasi favoritlari haqida gapirdi

Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi «Barselona»ni yilga olmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Anchelotti Chempionlar ligasi favoritlari haqida gapirdi
FOTO: Getty Images

Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti joriy mavsum Chempionlar ligasi favoritlari haqida fikr bildirdi.

«Bu turnirda har doimgidek favoritlar bor: «Real», «PSJ», «Man Siti» va «Bavariya». Dastlabki turlarda juda koʻp gollar kiritilgan oʻyinlar va kutilmagan natijalar koʻrdik — bu esa baʼzan turnirga boʻlgan qiziqishni pasaytiradi.

Guruh bosqichi kengaytirildi, maqsad — musobaqani yanada qiziqarli qilish. Buni qabul qilish kerak», — dedi Anchelotti.

Maʼlumot uchun, Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turidan soʻng «PSJ» 9 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Bavariya» ikkinchi (9 ochko), «Real» beshinchi (9 ochko), «Man Siti» esa yettinchi oʻrinda (7 ochko) bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting