Anchelotti: «Ba'zan mag'lubiyatni ham qabul qilishga to'g'ri keladi»
Braziliya ustozi Norvegiyaga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrini bildirdi.
ФОТО: Getty images
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti JCH-2026 1/8 finalida Norvegiyaga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan o'yindan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Uchrashuv boshida o'yinni nazorat qilayotgandek tuyuldik, biz imkoniyatlar ham yaratdik. Juda kuchli bosim o'tkazish qiyin edi, chunki Norvegiya butun jamoa bo'lib himoyalandi. Ortiqcha tavakkal qilish esa xavfli bo'lar edi.
Bizga yangi iqtidorlar, Braziliya futboliga kelib qo'shiladigan yuqori saviyali futbolchilar kerak. Menimcha, biz yomon o'yin ko'rsatmadiq, ammo bu futbol, bu sport. Ba'zan mag'lubiyatni ham qabul qilishga to'g'ri keladi», — dedi Anchelotti CNA nashriga.
Ushbu natijadan keyin Braziliya terma jamoasi jahon chempionati bilan xayrlashdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist