locale OZ

Anchelotti Avstraliyaga qarshi o‘yin uchun Braziliya tarkibini e’lon qildi

Ushbu uchrashuv 25-sentabr kuni Townsvill shahridagi “Queensland Country Bank Stadium”da bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Anchelotti Avstraliyaga qarshi o‘yin uchun Braziliya tarkibini e’lon qildi
Foto: Getty Images

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Avstraliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadigan boshlang‘ich tarkibni e’lon qildi. Bu haqda Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) rasmiy sayti xabar bermoqda.

Braziliya uchrashuvni quyidagi tarkibda boshlaydi: Ugo Souza; Mateuzinyo, Markinyos, Vitor Reis, Duglas Santos; Danilo, Bruno Gimaraes; Estevao, Rafinya, Endrik va Vinisius Junior.

Mazkur bahsda Mateuzinyo va Vitor Reis Braziliya terma jamoasi safida ilk bor maydonga tushadi. Anchelotti hujum chizig‘ida bir vaqtning o‘zida Estevao, Rafinya, Endrik va Vinisius Juniordan foydalanishga qaror qilgan.

Ma’lumot uchun, Avstraliya — Braziliya uchrashuvi 25-sentabr kuni Townsvill shahridagi “Queensland Country Bank Stadium”da bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng Braziliya 29-sentabr kuni yana Avstraliyaga, 3-oktabrda esa Hindistonga qarshi maydonga tushadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting