Anchelotti: “2026-yilgi Jahon chempionati bir avlodning yakuni bo‘ldi”
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2026-yilgi Jahon chempionati mamlakat futbolida yangi davr boshlanishini anglatishini ta’kidladi. Italiyalik mutaxassisning fikricha, mundial Neymar, Kazemiro va Danilo kabi tajribali futbolchilar avlodining yakuniga aylandi.
“Menimcha, ushbu Jahon chempionati Neymar, Danilo va Kazemiro kabi futbolchilar avlodining yakunini anglatdi. Endi biz 2030-yilgi Jahon chempionatini ko‘zlab yangi jamoani shakllantirishimiz kerak”, — dedi Anchelotti.
Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, Braziliya terma jamoasi tarkibi to‘liq o‘zgarmaydi. Tajribali futbolchilarning ayrimlari, jumladan Marquinyos, jamoada qolishi mumkin. Biroq asosiy e’tibor yosh iste’dodlarni rivojlantirish va 2028-yilgi Amerika kubogiga tayyorgarlikka qaratiladi.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya 2026-yilgi Jahon chempionatida 1/8 final bosqichida Norvegiyaga mag‘lub bo‘lib musobaqani tark etgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay Neymar milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qildi.