Ancelotti «Real»dan ketadi — rasmiy bayonot «El Klasiko»dan so‘ng e’lon qilinishi mumkin
Ancelotti «Real»dan ketadi — rasmiy bayonot «El Klasiko»dan so‘ng e’lon qilinishi mumkin
Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Karlo Ancelotti yaqin vaqt ichida lavozimini tark etadi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, italiyalik mutaxassis va klub rahbariyati hamkorlikni tugatish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. Rasmiy ma’lumot «Real» va «Barselona» o‘rtasidagi 35-tur doirasidagi uchrashuvdan so‘ng e’lon qilinishi kutilmoqda. Ushbu o‘yin yakshanba, 11 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Hozirda «Real Madrid» La Liganing turnir jadvalida 34 turdan so‘ng 75 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Pesha-peshada esa «Barselona» turibdi.
Bakradze Iman
Redaktor