locale OZ

Ana holos! MYU darvozabonining rafiqasi tunab ketildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ana holos! MYU darvozabonining rafiqasi tunab ketildi
FOTO: Getty Images

“Manchester Yunayted” klubi darvozaboni Andre Onananing rafiqasi Melani Kamayou Manchester ko'chalaridan biri tunab ketildi.

Mirror xabariga ko'ra, futbolchining rafiqasiga restoran yaqinida hujum qilingan. Ayolning qiymati 73 ming yevrodan ortiq bo'lgan qimmatbaho buyumlari o'g'irlab ketilgan.

Qayd etilishicha, jinoyatda aybdor deb topilgan 25 yoshli erkak qo'lga olinib, jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Eslatib o'tamiz, Andre Onana 2023-yilning yozida “Inter”dan “Manchester Yunayted”ga o'tgandi. U joriy mavsum “qizil iblislar” safida 41 ta o'yinda maydonga tushib, 54 ta gol o'tkazib yubordi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting