locale OZ

Ana holos! Eron Jahon chempionatida qatnasha olmasligi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ana holos! Eron Jahon chempionatida qatnasha olmasligi mumkin
FOTO: UzbekistanFA

JCh-2026 saralash bosqichining 8-turida O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o'yinda 2:2 hisobida durangga erishib, muddatidan avval mundial yo'llanmasini naqd qilgan Eron AQSh bilan o'zaro nizo sabab to'rt yillikning eng nufuzli turnirida qatnasha olmasligi mumkin.

Bunga sabab, forslar AQSh'ning “qora ro'yxati”ga kiritilgan. Bu Eronning shtatlarda o'yin o'tkazishida muammolar tug'dirishi mumkin. FIFA allaqachon mezbon jamoa bilan ushbu malasani hal etish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Agar AQSh hukumati cheklovni bekor qilmasa, bu katta mojaro keltirib chiqarishi mumkin. Eronning mundial ishtirokchilari safidan chiqishi futbol tarixida misli ko'rilmagan holat bo'ladi va xalqaro miqyosda keng muhokamalarga sabab bo'ladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting