\"An-Nasr\"ning ayrim futbolchilari maoshini to‘liq olmagani ma'lum bo‘ldi
Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubida ayrim futbolchilarga iyun oyi uchun maosh to‘liq to‘lanmagani ma'lum bo‘ldi.
Xabarga ko‘ra, klubning bir nechta futbolchilari, jumladan Krishtianu Ronaldu ham maoshning faqat bir qismini olgan. To‘lovlarning qolgan qismi keyinroq amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Klubdagi vaziyat futbolchilarning noroziligiga sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu holat "An-Nasr" rahbariyatining moliyaviy oqimlarni qayta taqsimlashi va ayrim to‘lovlarning kechikishi bilan bog‘liq. Hozircha klub tomonidan vaziyat yuzasidan rasmiy bayonot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, "An-Nasr" safida Krishtianu Ronaldu bilan bir qatorda Joau Feliks, Kingsli Koman, Sadio Mane va Marselo Brozovich kabi taniqli futbolchilar ham to‘p surmoqda.