locale OZ

«An-Nasr» Kristenseni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Klub uni erkin agent maqomida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"An-Nasr" Kristenseni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
ФОТО: Getty images

"Barselona" markaziy himoyachisi Andreas Kristensen faoliyatini Yaqin Sharqda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Diario Sport xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "An-Nasr" 29 yoshli daniyalik futbolchiga jiddiy qiziqmoqda. Klub uni erkin agent maqomida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Klubda "Barselona"ning sobiq futbolchisi Inyigo Martines ham saudiyaliklar safida o‘ynamoqda.

Kristensen 2022 yil yozidan buyon "ko‘k-anorranglilar" sharafini himoya qilmoqda. U jamoa safida jami 90 ta o‘yinda 4 ta gol urib, 3 ta golli uzatma bergan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting