«An Nasr» Jezuş bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishi mumkin
Jezuş “An Nasr”ni o'tgan yil iyul oyida qabul qilib olgan.
ФОТО: Getty images
“An Nasr” bosh murabbiyi Jorge Jezuş klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqda Arab nashrlari xabar berdi.
Saudiya klubi rahbariyati portugaliyalik mutaxassisga 2027 yil yozigacha mo'ljallangan yangi bitim taklif etishga tayyor.
Ma'lumotlarga ko'ra, jamoa rahbarlari murabbiyning ishidan mamnun va kelasi mavsumda ham u bilan hamkorlikni davom ettirishni istamoqda.
Jezuş “An Nasr”ni o'tgan yil iyul oyida qabul qilib olgan. Ayni paytda jamoa Saudiya Proligasi turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist