«An-Nasr» Foden uchun 130 mln yevro taklif qildi
Transfer boshlanmasdan yakuniga yetgan.
ФОТО: Getty images
Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi transfer oynasi yakuniga qadar yirik xaridni amalga oshirishga harakat qilib ko‘rdi.
Fichajes nashri xabariga ko‘ra, riyodliklar "Manchester City" yarim himoyachisi Phil Foden uchun 130 million yevrolik taklif yuborgan.
Biroq "shaharliklar" Fodenga ruxsat bermagan. Shu sababli muzokaralar boshlanmasdan yakunlangan. Guardiola futbolchining jamoada qolishini istab, bu transferga qarshi chiqqan.
Foden joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasida 2 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 gol yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 100 million yevroga baholamoqda. Yarim himoyachining "shaharliklar" bilan shartnomasi 2027-yilning yozigacha amal qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist