locale OZ

\"An-Nasr\" Felishni sotib olishga yaqin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"An-Nasr" Felishni sotib olishga yaqin
Photo: Getty Images

“Chelsi” klubi hujumchisi Joau Felishni yaqinda “An-Nasr”ga sotishi mumkin. Bu haqda jurnalist Pedru Almeyda xabar berdi.

Saudiya klubi 25 yoshli futbolchi uchun kurashga qo‘shilib, avval favorit sanalgan “Benfika”ni ortda qoldirdi.

“An-Nasr” portugaliyalik futbolchi uchun 50 million yevro taklif qilgan. Bu summa “Chelsi”ni qoniqtiradi va London klubi transferni yakunlashga tayyor.

Shu tariqa, londonliklar o‘tgan yili “Atletiko”dan 52 million yevroga sotib olgan Joau uchun sarflagan mablag‘ni deyarli to‘liq qaytarib oladi.

Futbolchi o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida “Milan”da o‘tkazgan edi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting