locale OZ

«An Nasr» bosh murabbiyi Ronalduning jarohati haqida gapirdi

Portugaliyalik hujumchi «Al Feyha»ga qarshi uchrashuvda mushaklaridagi ogʻriq sabab almashtirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«An Nasr» bosh murabbiyi Ronalduning jarohati haqida gapirdi
FOTO: Getty Images

«An Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Saudiya Pro-ligasining 24-turi doirasidagi «Al Feyha»ga (3:1) qarshi o‘yinda jarohat olgan jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning holati haqida ma’lumot berdi.

«U mushaklarida og‘riq sezdi. Ikkinchi golni urganimizdan so‘ng, men tavakkal qilishni istamadim va uni almashtirdim. Tibbiyot bo‘limi, albatta, uning holatini baholaydi, biroq u shunchaki mushaklardagi charchoqni his qildi. Murabbiy sifatidagi vazifam — o‘yinning har bir detalini tushunish va kerakli vaqtda to‘g‘ri o‘zgarishlarni amalga oshirishdir. Ammo buning uchun o‘yin taqdirini hal qila oladigan va o‘z hissasini qo‘sha oladigan futbolchilar ham kerak», — deya Jezushning so‘zlarini keltiradi A Bola nashri.

Uchrashuvning 11-daqiqasida Krishtianu Ronaldu penaltidan unumli foydalana olmadi, 81-daqiqaga kelib esa o‘ng oyog‘idagi muammolar sababli almashtirildi.

Joriy mavsumda Ronaldu klub safida barcha turnirlar doirasida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting