locale OZ

Amrabat faoliyatini La Liga klubida davom ettiradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Amrabat faoliyatini La Liga klubida davom ettiradi
Фото: Getty Images

Sofyan Amrabat faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.

“Betis” 29 yoshli yarim himoyachini “Fenerbahche”dan bir mavsumga ijaraga oldi.

Insayder Fabrizio Romanoning ma'lum qilishicha, bitimda sotib olish imkoniyati ko‘zda tutilmagan. 29 yoshli yarim himoyachining o‘zi "Betis"ga o‘tishni talab qilgandi.

O‘tgan mavsumda Amrabat Turkiya chempionatida 26 ta o‘yinda 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Amrabat faoliyati davomida “Utrext”, “Feyenoord”, “Bryugge”, “Fiorentina” va “Manchester United” klublarida harakat qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting