Amputant futbolchilarimiz Jizzax viloyati hokimligi tomonidan munosib e’tirof etildi
Ular munosib tarzda taqdirlanishdi.
Фото: Jizzakh Football Association
Jizzax viloyatida amputantlar futboli jadal sur’atlarda rivojlanib kelmoqda. Bu sohadagi muvaffaqiyatlar natijasida viloyat amputant futbolchilari O’zbekiston terma jamoasi safida Jahon chempionati va Osiyo chempionatlarida yuqori natijalarga erishib kelmoqda.
Taqdirlash marosimida Jizzax viloyati hokimi o’rinbosari Akmal Savurboyev, O’zbekiston milliy olimpiya qo’mitasining Jizzax viloyati hududiy bo’limi ijrochi direktori Akmal Axmedov hamda Jizzax viloyati futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Shuhrat Yuldashev qatnashdilar.
Marosim davomida amputant sportchilarimizning erishgan yutuqlari alohida ta’kidlanib o’tildi va ular munosib tarzda taqdirlanishdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist