Amorim Yoroni «Milan»ga olib kelmoqchi
Yoroning bozor qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.
Фото: Getty Images
«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi, ayni paytda «Milan»ni boshqarayotgan Ruben Amorim jamoasini «qizil iblislar» futbolchilaridan biri bilan kuchaytirmoqchi. Bu haqda Teamtalk xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis fransiyalik himoyachi Leni Yoroning nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi transfer yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida amalga oshishi ham mumkin.
20 yoshli fransiyalik futbolchi 2024-yil yozidan buyon Angliya klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi 2029-yil iyun oyining oxiriga qadar amal qiladi.
Yoroning bozor qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.
Fransiyalik himoyachi joriy mavsumda APLda 2 ta uchrashuvda maydonga tushdi.