Amorim yana Portugaliya chempionatiga qaytishi mumkin
Avval «Sporting» va «Manchester Yunayted» klublarida ishlagan Ruben Amorim yana Portugaliya chempionatiga qaytishi mumkin. talkSPORT xabariga ko‘ra, mutaxassis «Benfika» bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Lissabon klubining hozirgi bosh murabbiyi Joze Mourinioning kelajagi esa hozircha noaniq bo‘lib qolmoqda. Uning shartnomasida 2026 yil yozida muddatidan oldin jamoani tark etish bandi mavjud va agar Mourinioga Roberto Martines ehtimoliy ketgan taqdirda Portugaliya terma jamoasini boshqarish taklifi tushsa, ushbu band ishga tushirilishi mumkin.
Manbalarga ko‘ra, Mourinioning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan asosiy nomzod aynan Amorim hisoblanadi. U «Benfika» tarbiyalanuvchisi bo‘lib, klub safida ikki davrda to‘p surgan: 1994–1998 va 2008–2017 yillar oralig‘ida. Murabbiylik faoliyati davomida Amorim «Kaza Pia», «Braga» va «Sporting» jamoalarida ishlagan, so‘nggi klubni esa 2024 yil oktabr oyida tark etgan.
Eslatib o‘tamiz, hozirda «Benfika» Portugaliya chempionatida uchinchi o‘rinda bormoqda hamda Chempionlar ligasi umumiy jadvalida 25-pog‘onani egallab turibdi.