locale OZ

Amorim tez orada «MYU»ni tark etishi mumkin — manba

Portugaliyalik mutaxassis 2024 yilning kuzida mankunianliklar boshqaruviga kelgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Amorim tez orada «MYU»ni tark etishi mumkin — manba
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim mankunianlar safini tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda Indykaila News X ijtimoiy tarmog‘ida xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis yaqin vaqt ichida iste’foga chiqarilishi mumkin.

«Bugungi o‘yin uchun tanlangan taktika («Bornmut»ga qarshi bahs 4:4 hisobidagi durang bilan yakunlandi) yosh bolalardek! Bu haqiqiy telbalik. Jamoaga ulkan mablag‘ sarflanganidan keyin biz tabiiy ravishda ko‘proq natija talab qilamiz. Ruben bu yerda uzoq qolmaydi», — deya «Manchester Yunayted» ichki manbasining so‘zlarini keltiradi Indykaila News.

Ruben Amorim «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi lavozimini 2024 yil kuzida egallagan. Bungacha u Lissabonning «Sporting» klubida faoliyat olib borgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting