locale OZ

Amorim: “Ruhiy jihatdan qilinadigan ishlarimiz ko‘p”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Amorim: “Ruhiy jihatdan qilinadigan ishlarimiz ko‘p”
Photo: Getty Images

“Manchester United” bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa qaysi jihatlarda rivojlanishi kerakligini aytib o‘tdi.

“Gap raqobatga qanday munosabatda bo‘lishimizda, mag‘lubiyatlardan keyin qanday tushkunlikka tushishimizda, darvozani himoya qilish uchun qanday kurashishimizda. Biz aynan shu jihatlarda rivojlanishimiz kerak.

Bu ba’zan maydonda emas, uning tashqarisida ham namoyon bo‘ladi. Ruhiy jihatdan qilinadigan ishlarimiz ko‘p”, — dedi Amorim Sky Sports’ga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, “MYu” 16 may kuni safarda “Chelsea”ga qarshi o‘ynaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting