locale OZ

Amorim Rabioning “Milan”dagi kelajagi bo‘yicha qarorni ma’lum qildi

31 yoshli futbolchining “Milan” bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Amorim Rabioning “Milan”dagi kelajagi bo‘yicha qarorni ma’lum qildi
Foto: Getty Images

“Milan” bosh murabbiyi Ruben Amorim yarim himoyachi Adrien Rabio jamoada qolishini ma’lum qildi. Portugaliyalik mutaxassis klub fransiyalik futbolchi bilan yangi shartnoma imzolashni ham rejalashtirayotganini bildirdi.

“Rabio biz bilan qoladi. Shuningdek, biz u bilan yangi shartnoma imzolashni istaymiz”, — dedi Amorim.

31 yoshli futbolchining “Milan” bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan. Massimiliano Allegri klubni tark etganidan keyin Rabioning kelajagi noaniq bo‘lib qolgan va uning “Napoli”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, Rabio A Seriyaning yangi mavsumidagi ilk turda “Torino”ga qarshi uchrashuvda gol urib, golli uzatmani ham amalga oshirdi. “Milan” ushbu bahsda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting