Amorim Portugaliya chempionatiga qaytishi mumkin
Mankuniyaliklar turnir jadvalida 14-o‘rinni egallagan.
ФОТО: Getty images
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim Portugaliya chempionatiga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist Kris Uiler xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Joau Noronya Lopes yaqin vaqtlar ichida "Benfika" prezidenti bo‘lish ehtimoli yuqori. U Amorimni jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida ko‘rishni xohlamoqda.
Shu bilan birga, APLdagi omadli boshlanish bo‘lmaganiga qaramay, "Manchester Yunayted" rahbariyati yaqin orada mutaxassis bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.
Angliya chempionatining 4-turidan so‘ng "qizil iblislar" turnir jadvalida 4 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist