locale OZ

Amorim: «MYU» APL jamoalarining g‘oyalarini oʻrganmoqda»

«Qizil iblislar» bosh murabbiyi klubning taktika ustida ishlayotgani haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Amorim: «MYU» APL jamoalarining g‘oyalarini oʻrganmoqda»
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaning standart vaziyatlar va taktik jihatlar ustidagi ishlari haqida gapirdi.

Uning aytishicha, klub Angliya Premer-ligasidagi boshqa jamoalar tajribasini faol o‘rganib, o‘z o‘yinini takomillashtirishga intilmoqda.

Portugaliyalik mutaxassisning izohlari 13-tur doirasida «MYU»ning «Kristal Pelas» ustidan 2:1 hisobidagi g‘alabasidan so‘ng yangradi.

«Bizda mashg‘ulotlar uchun ko‘proq vaqt paydo bo‘ldi, shu bois jiddiy ishlayapmiz va Angliyada ko‘p narsani o‘rganayapmiz. Siz bunga allaqachon o‘rganib qolgandirsiz, ammo APLga kelganingizda boshqa jamoalardan juda ko‘p tajriba olasiz va biz ham ko‘plab g‘oyalarni o‘zimizga moslashtiryapmiz.

Men futbolchilarga faolroq bo‘lishimiz kerakligini aytdim, bu maydonda ham sezildi. Faollik oshganda, to‘pga yaqin bo‘lish ehtimoli ham ortadi. Shuni ham unutmaslik kerakki, ikkinchi bo‘limda raqib ham charchaydi. Agar siz tempni oshirsangiz, raqib esa biroz toliqib qolsa va darhol gol o‘tkazib yuborsa, siz o‘yin ustidan to‘liq nazoratni his qilasiz», — deya Amorimning so‘zlarini keltiradi ESPN.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting