locale OZ

Amorim: «Milan»ni boshqarish men uchun katta sharaf»

Portugal mutaxassisi ertaga rasmiy ishga kirishadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Amorim: «Milan»ni boshqarish men uchun katta sharaf»
ФОТО: Getty images

“Milan”ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim Italiyaga yetib kelgach, klubni boshqarish borasidagi ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bu yerda bo‘lganimdan juda baxtliy man. ‘Milan’ bosh murabbiyi bo‘lish men uchun katta sharaf. Agar avvalgi intervyumni ko‘rgan bo‘lsangiz, bu men uchun naqadar alohida va muhim lahza ekanini yaxshi bilasiz.

Bu juda katta chaqiriq. Avvalgi tajribamdan so‘ng o‘zimga kichikroq loyiha tanlashga va’da bergan edim, ammo taqdir meni ‘Milan’ga olib keldi. Bu esa undan ham ulkanroq vazifa.

Bu yerda ekanimdan juda faxrlanaman. Endi butun e’tiborimni futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan ishlashga qaratmoqchiman. Rostdan ham juda baxtliy man”, — dedi Amorim.

Ma’lum qilinishicha, portugaliyalik mutaxassis ertagayoq “Milanello” mashg‘ulotlar bazasiga yo‘l oladi va jamoa bilan to‘liq ish faoliyatini boshlaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting