locale OZ

Amorim «Milan» bosh murabbiyiga aylanadi

Kelishuv allaqachon yakunlangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Amorim «Milan» bosh murabbiyiga aylanadi
ФОТО: Getty images

"Manchester Yunayted"ning sobiq ustozi Ruben Amorim "Milan"ning yangi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda A Bola nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, kelishuv allaqachon yakunlangan. Ta’kidlanishicha, portugaliyalik mutaxassisning italiyalik grandi bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Amorim yangi klubda soliqlardan so‘ng yiliga 3,5 mln yevro maosh oladi.

Qayd etilishicha, Amorimning "Milan" bilan shartnomasida A Seriya va Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatli ishtiroki uchun turli bonuslar ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra "rossonerilar" asosiy evrokubok turniriga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagan, biroq Yevropa ligasida ishtirok etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting