locale OZ

Amorim: Men doim ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarizni o'chirib tashlang deb futbolchilarga aytaman

Manchester Yunayted bosh murabbiyi navbatdagi tur o'yini oldidan fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Amorim: Men doim ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarizni o'chirib tashlang deb futbolchilarga aytaman
Photo: gettyimages

Manchester Yunayted bosh murabbiyi Ruben Amorim navbatdagi tur o'yini oldidan fikr bildirdi.

«Brayan Mbeumo ko‘p gapiradiganlardan emas, lekin doim yordam berishga tayyor. U maydonda juda ko‘p ishlaydi, tinimsiz pressing qiladi va o‘tgan mavsumdagidan butunlay boshqa xavf tug‘diradi. Brayandan juda mamnunman.

Premer ligadan o‘yinchi sotib olish qimmatga tushadi, lekin o‘tgan yilga qarasak, bu ancha xavfsizroq yo‘l. Eng muhimi – jamoada eng yaxshi futbolchilar bo‘lishi kerak».

Amad haqida: «Men doim futbolchilarga aytaman: ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlaringizni o‘chirib tashlang.

Hozir Amad oilaviy yo‘qotish tufayli og‘ir ahvolda va biz uni qo‘llab-quvvatlaymiz. Bunday paytda keyingi o‘yinning ahamiyati yo‘q. Biz Amadsiz ham g‘alaba qozonishimiz mumkin – va biz aynan uning uchun g‘alaba qozonamiz.

Asosiy narsa – o‘yinni “Chelsi” va “Burnley”ga qarshi oʻyinlardagi kabi kayfiyatda boshlash. Har bir uchrashuvga faqat g‘alaba maqsadi bilan maksimal darajada diqqatni jamlab chiqish kerak».

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting