locale OZ

Amorim “Manchester Yunayted” himoyachisini “Milan”ga olib kelmoqchi

Biroq “Milan” futbolchini qo‘lga kiritish uchun “Manchester Yunayted”ga munosib taklif bilan chiqishi kerak bo‘ladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Amorim “Manchester Yunayted” himoyachisini “Milan”ga olib kelmoqchi
Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiyi, hozirda “Milan”ni boshqarayotgan Ruben Amorim sobiq jamoasining himoyachisi Nussair Mazrauiga qiziqish bildirmoqda. 28 yoshli marokashlik futbolchi Milan klubining transfer nishoniga aylangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Milan” avval ham Mazrauining transferiga qiziqqan, biroq u paytda futbolchi klubning ustuvor variantlaridan biri bo‘lmagan. Boshqa transfer bo‘yicha kelishuv amalga oshmagach, “rossonerilar” Mazrauining nomzodiga qaytishga qaror qilgan.

Mazraui jamoasini o‘zgartirish istagida ekani sababli agentini ham almashtirgani aytilmoqda. Biroq “Milan” futbolchini qo‘lga kiritish uchun “Manchester Yunayted”ga munosib taklif bilan chiqishi kerak bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Mazraui joriy mavsumda APLning bitta uchrashuvida maydonga tushdi va samarali harakat qayd etmadi. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 18 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting