locale OZ

Amorim Leni Yoroni “Milan”ga olib kelmoqchi

Portugaliyalik mutaxassis fransiyalik futbolchi bilan Angliyadagi faoliyati davomida birga ishlagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Amorim Leni Yoroni “Milan”ga olib kelmoqchi
Foto: Getty Images

“Milan” bosh murabbiyi Ruben Amorim “Manchester Yunayted” himoyachisi Leni Yoroni o‘z jamoasiga olib kelishni istamoqda. Portugaliyalik mutaxassis fransiyalik futbolchi bilan Angliyadagi faoliyati davomida birga ishlagan. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Milan” yanvar oyidagi transfer oynasida markaziy himoyani kuchaytirishni rejalashtirmoqda va Yoro asosiy variantlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. “Manchester Yunayted” 20 yoshli futbolchini taxminan 50 million yevroga baholamoqda.

Yoro joriy mavsumda Maykl Kerrik jamoasida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani yo‘q. Harri Maguayr va Lisandro Martines markaziy himoyada undan ko‘proq imkoniyat olayotgani sabab futbolchining kelajagi bo‘yicha savollar paydo bo‘lgan. “Milan” esa vaziyatdan foydalanib, uni Amorim bilan yana birlashtirmoqchi.

Ma’lumot uchun, Leni Yoro “Manchester Yunayted”ga 2024-yilda “Lill”dan 62 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan. Uning ingliz klubi bilan shartnomasi 2029-yilgacha amal qiladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting