locale OZ

Amorim: «Kazemiro shunchaki top-darajadagi futbolchi»

«MYU» bosh murabbiyi jamoa yarimhimoyachisi haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Amorim: «Kazemiro shunchaki top-darajadagi futbolchi»
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa yarimhimoyachisi Kazemironing professionalligini yuqori baholadi.

«Agar hamma Kazemiro kabi ishlaganida edi… Bu, avvalo, konsentratsiya haqida. Nega bu futbolchi besh marta Chempionlar ligasini yutganini tushunish qiyin emas. Uning qilayotgan ishlariga e’tibor qaratsangiz — shartnomasi bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar — u shunchaki top-darajadagi futbolchi», — deydi Amorim.

Joriy mavsumda braziliyalik yarimhimoyachi «MYU» safida barcha musobaqalarda 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kazemironing ingliz klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 8 mln yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting