Amorim «Grimsby»dan uchralgan mag'lubiyat haqida: “Juda afsusdaman”
Фото: Getty Images
"Manchester United" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoasi Angliya Liga Kubogi 1/32 finalida "Grimsby"dan mag'lub bo'lganidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Men bosh murabbiyman. Mening vazifam nima bo'lganini hal qilish. Muxlislarimizga achinishimni aytmoqchiman. Natijadan juda afsusdaman. Endi bor e'tiborni keyingi o'yinga qaratamiz. Keyin esa ikki haftalik tanaffus bo'ladi – bu vaqt ichida ko'plab masalalarni hal qilishimiz kerak. Hozir hamma narsani birdaniga o'zgartirib bo'lmaydi. Ammo bunday omadsizliklarning chegarasi bo'lishi kerak,” — dedi Amorim Sky Sports’ga bergan intervyusida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist