locale OZ

Amorim: «G'alabaga loyiq edik»

"Qizil iblislar" o'z maydonida ochko yo'qotdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Amorim: «G'alabaga loyiq edik»
Фото: Getty Images

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim "Bornmut"ga (4:4) qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu qoniqarsiz natija bo'ldi, albatta. Biz juda xafamiz. Tomoshabop o'yin bo'ldi. Ikkinchi bo'limda ikki ochkoni yo'qotdik deb o'ylashingiz mumkin. Aslida, birinchi bo'limning o'zidayoq buni boy berib bo'lgandik.

Ochig'i, ko'proq natijaga loyiq edik. "Old Trafford"dagi muxlislar g'alabani xohlaydi, ammo ular jamoaning chiroyli futbol o'ynayotganini ko'rib ham zavq olishni istashadi.

O'yin yaxshi o'tdi, ammo biz samaradorlikni oshirishimiz shart. Chunki juda ko'p golli vaziyatlar yaratdik", — dedi Amorim

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting