locale OZ

Amorim «Everton»ga qarshi bahsda kimlar ishtirok etmasligini aytdi

Portugal mutaxassisi aytishicha, Sheshko va Mayugayr tayyor emas.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Amorim «Everton»ga qarshi bahsda kimlar ishtirok etmasligini aytdi
ФОТО: Getty images

"Manchester United" bosh murabbiyi Ruben Amorim "Everton"ga qarshi Angliya Premyer-ligasining 12-tur uchrashuvi oldidan bir qator futbolchilarining hozirgi holati haqida gapirdi.

"Sheshko bir necha hafta maydonga tusha olmaydi. Qancha vaqt ketishini aniq bilmayman, lekin bu jiddiy narsa emas deb o'ylayman. Benjamin bilan ehtiyot bo'lishimiz kerak; u allaqachon tiklanish bosqichida, o'zini yaxshi his qilmoqda. Ben bir necha haftadan so'ng safga qaytadi".

Maguyayr o'ynashga tayyor emas. Kobbi bugun mashg'ulot o'tkazmadi, lekin menimcha, u ertaga qaytadi. Lisandro Martinez tayyor bo'lishga yaqinlashmoqda. Albatta, bunga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak; birinchi daqiqalarda unga oson bo'lmaydi; uning ahvoli ikki hafta oldingiga qaraganda ancha yaxshi", - deya Amorimning so'zlarini keltirmoqda mankunianliklar rasmiy saytida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting