Amorim Estupinyanga imkoniyat bermoqchi
Portugaliyalik mutaxassis avval uni mashgʻulotlarda sinab koʻrmoqchi.
FOTO: Getty Images
“Milan” bosh murabbiyi Ruben Amorim chap qanot himoyachisi Pervis Estupinyanning kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilishga shoshilmayapti. Garchi futbolchining “Aston Villa”ga transferi bo‘yicha muzokaralar davom etayotgan bo‘lsa-da, portugaliyalik mutaxassis avval uni mashg‘ulotlarda sinab ko‘rishni istamoqda.
Manbalarga ko‘ra, Estupinyan 24-iyul kuni jamoa safiga qaytadi va aynan shundan so‘ng Amorim uning o‘z tizimiga qanchalik mos kelishini baholaydi. Agar ekvadorlik himoyachi murabbiyni ishontira olsa, transfer bekor qilinishi ham mumkin.
Shu sababli “Aston Villa” transferni yakunlash uchun biroz kutishga majbur bo‘lishi mumkin. Hozircha yakuniy qaror Ruben Amorimning Estupinyan haqidagi xulosasiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist