locale OZ

Amorim: Bugun biz yutdik va bu biz uchun yaxshi kundir

Manchester Yunayted bosh murabbiyi Chelsi bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Amorim: Bugun biz yutdik va bu biz uchun yaxshi kundir
Photo: Man. United

Manchester Yunayted - Chelsi 2:1 bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ruben Amorim fikr bildirdi.

«Biz o‘yinni juda yaxshi boshladik, agressiv harakat qildik. Keyin Casemiro maydondan chetlatildi — biz o‘zimizga vazifani qiyinlashtirishni yaxshi ko‘ramiz, lekin baribir kun omadli bo‘ldi. Albatta, chetlatilish bizga yordam berdi, lekin biz vaziyatlardan foydalanib, o‘yinni oldinroq yopishimiz kerak edi.

Bruno Fernandesda ajoyib kayfiyat bor. U bizning sardorimiz va u yarim himoyada o‘ynab gol urdi — men uning uchun juda xursandman.

Bizning jamoamiz haqida kamdan-kam yaxshi gapirishadi. Menda tanqidlarga javob berishga hojat yo‘q — ko‘pincha ular adolatli bo‘ladi. Lekin bugun biz yutdik va bu biz uchun yaxshi kun.

Biz «Grimsby»ga yutqazishimiz ham, istalgan jamoani yutishimiz ham mumkin. Men faqat keyingi o‘yinni o‘ylayman. G‘alaba qozonish — bu ajoyib va biz uchun juda muhim»,-dedi mutaxassis.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting