locale OZ

Amorim Brunu Fernandesh haqidagi fikrini bildirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Amorim Brunu Fernandesh haqidagi fikrini bildirdi
Photo: Getty Images

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa sardori Brunu Fernandesni maqtadi.

"U yetakchi, sardor. Albatta, unga qiziqish bo‘ladi, lekin biz uni "Manchester Yunayted"da saqlab qolmoqchimiz. Brunu – dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri", - deydi Amorim.

Avvalroq Fernandeshga "Al-Hilol" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Saudiya klubi portugaliyalik 30 yoshli yarim himoyachiga yiliga 65 million yevroga teng shartnoma taklif qilgan.

Ma'lumot uchun, Fernandesh bu mavsumda barcha turnirlarda 52 o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol urdi va 18 assistni amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting