Amorim: «Bizning asosiy vazifamiz – evrokuboklarga qaytish«
Photo: Getty Images
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim yangi mavsum oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
“Bizning asosiy vazifamiz – evrokuboklarga qaytish. “MYu” murabbiyi sifatida bunday gaplarni aytish men uchun juda og‘ir. Lekin muxlislarga bor gapni aytishim kerak.
Ochig‘i, biz hatto evrokuboklarga qaytish uchun ham qattiq kurash olib borishimizga to‘g‘ri keladi. Chunki bizdan ko‘ra kuchli bo‘lgan jamoalar bor. Biroq shunga qaramay, oxirigacha kurashamiz”, – dedi Amorim.
Eslatib o‘tamiz, “MYu” o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra APLda 15-o‘rinni egalladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist