locale OZ

Amorim: Ba’zan u yuqoriroqda o‘ynashni xohlaydi, ammo uning o‘ziga xos muhim vazifasi bor

Yunayted bosh murabbiyi Bruno Fernandesh haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Amorim: Ba’zan u yuqoriroqda o‘ynashni xohlaydi, ammo uning o‘ziga xos muhim vazifasi bor
Photo: gettyimages

Ruben Amorim Bruno Fernandeshning jamoada tutgan o‘rni haqida fikr bildirdi.

«Eslasangiz, Brunu maydonda to‘liq erkinlikni xohlaydi. Hatto “o‘ninchi raqam” pozitsiyasida o‘ynasa ham, baribir to‘p uchun orqaga qaytadi. Balki hozir u jarima maydoniga tez-tez kirib bora olmayotgandir, ammo baribir yaqin joyda bo‘ladi va zarba bera oladi.

Men Brunu chuqurroq o‘ynashini xohlayman – shunda biz to‘pni yaxshiroq nazorat qilamiz va o‘yinni boshqaramiz. Biz shunday qilayapmiz, lekin ba’zan u oldinda yetishmay qoladi. Ehtimol, bu Kunya yoʻqligi uchundir va bizga yana bir hujumchi kerakdir.

Men jamoani muvozanatlashtirishga va eng kuchli tarkibni tanlashga harakat qilyapman. Ko‘ryapman, Brunu xafa, lekin bu faqat biz g‘alaba qozonmaganimiz uchun. Ba’zan u yuqoriroqda o‘ynashni xohlaydi, ammo uning o‘ziga xos muhim vazifasi bor. Eng asosiysi – jamoa yaxshi o‘ynasin. Agar biz yutishni boshlasak, u boshqa pozitsiyalarda ham erkinroq harakat qila oladi»,-dedi mutaxassis.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting