Amorim APLda gʻalaba qozonish boʻyicha «MYU» murabbiylari orasida eng past koʻrsatkichni qayd etdi
Avvalroq mankunianliklar portugaliyalik mutaxassisni isteʼfoga chiqargandi.
FOTO: Getty Images
Portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorim «Manchester Yunayted» tarixidagi Angliya Premer-ligasida eng past g‘alaba foiziga ega murabbiy bo‘lib qoldi. Bu haqda Opta nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Amorim boshchiligida «qizil iblislar» APL o‘yinlarining atigi 32 foizida g‘alaba qozongan.
Shuningdek, Amorim davrida «Manchester Yunayted» Premer-ligada eng past «quruq» o‘yinlar ko‘rsatkichiga ham ega bo‘lgan — atigi 15 foiz. Eslatib o‘tamiz, Angliya Premer-ligasi 1992 yilda tashkil etilgan.
Hozirgi vaqtda «Manchester Yunayted» 20 ta uchrashuvdan so‘ng 31 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa yetakchi «Arsenal»dan 17 ochko ortda qolmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist